Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.10.2017 18:22 Chop etish versiyasi

Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish – davr talabi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan davra suhbati ana shunday nomlandi.

Universitet rektori A.Marahimov va boshqalar mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Yoshlar va voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning mukammal qonunchilik bazasi shakllantirilganligi huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishishda muhim omil bo‘layotir.

Tadbirda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, turli sohalarda ko‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblangan yoshlarning ulkan hissasi borligi alohida qayd etildi.

Tadbirda talabalar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
1 870






Все о погоде - Pogoda.uz