O‘zA O`zbek

08.08.2018 15:08 Chop etish versiyasi

Tadbirli yosh tadbirkor

Tadbirli yosh tadbirkor
Samarqandlik yosh tadbirkor Abdulla Habibullayev 2017-yilda “Exclusive Golden Honey” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etib, asalarichilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

120 uya asalari parvarishlanayotgan xo‘jalikda hozirga qadar 1 tonnaga yaqin asal yig‘ib olindi. Me’yoriy talablar asosida qadoqlanayotgan besh turdagi asal, propolis ekstrakti, asalari suti hududdagi savdo markazlariga yetkazilmoqda. Shifobaxsh ne’mat shartnoma asosida Ummon davlatiga ham eksport qilinmoqda.

472601d8-7a7a-42d5-a465-54b85c882168.jpg

Abdulla Habibullayev o‘tgan yili Turkiyada o‘tkazilgan 45-xalqaro Apimondiya kongressi va “APIEXPO – 2017” ko‘rgazmasida ishtirok etib, “Eng yosh asalarichi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.

1017c689-e4b5-422c-b35d-9b621c6903b2.jpg

Faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan tadbirkor joriy yil boshida Jomboy tumanida 4 gektarlik intensiv bog‘ tashkil etdi. Bog‘da Polshadan keltirilgan “Krasniy fudji”, “Golden polskiy stakanchik” navli 12 ming tup olma parvarishlanmoqda.

9b291f57-aaf4-4157-a4a2-1495a1cdd13f.jpg

Olmaning bu turlari yurtimizda hali ommalashmagan, - deydi A.Habibullayev. – Ushbu navlarning afzalligi ikkinchi yildan 5-10 kilogrammgacha hosil beradi. 1 gektar maydondagi olma daraxtining gulidan 150 kilogramm asal olish mumkin. Shuningdek, bog‘ orasida loviya yetishtirishyapmiz. Tasarrufimizdagi 0,5 gektar yerda esa baliqchilikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz.

Alisher Isroilov (surat), O‘zA
2 491