O‘zA O`zbek

02.08.2018 09:18 Chop etish versiyasi

Tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan imtiyozli kreditdan kimlar foydalana oladi?

Tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan imtiyozli kreditdan kimlar foydalana oladi?

Davlatimiz rahbarining joriy yil 1-avgustdagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab qo‘yildi.

Unda madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni rag‘batlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasida ochiladigan alohida hisob varaqda jamlash to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Madaniyat va san’at nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil qilingan shunday muassasalarga davlat madaniyat va san’at muassasasining yillik daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi joriy etiladi.

Maxsus hisob varaqdagi mablag‘lar tuman va chekka qishloq joylardagi teatrlar, kinoteatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, konsert zallari, hayvonot bog‘lari va boshqa madaniy obyektlar negizida madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga foizsiz asosda imtiyozli kredit berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi.

Maxsus hisob varaq mablag‘laridan imtiyozli kreditlar tijorat banklari tomonidan madaniyat va san’at sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 7 foizli stavka bo‘yicha ajratib beriladi.

O‘zA
2 241