O‘zA O`zbek

24.08.2018 18:24 Chop etish versiyasi

Tadbirkorlarimiz Olma-otada 600 ming dollarga yaqin shartnoma imzoladi

Tadbirkorlarimiz Olma-otada 600 ming dollarga yaqin shartnoma imzoladi
Qozogʻistonning Olma-ota shahrida“Detstvo-2018”xalqaro bolalar kiyim-kechagi koʻrgazmasi oʻtkazildi. UndaOʻzbekiston korxonalariishtirok etib, Rossiya, Qozogʻiston va boshqa xorijiy mamlakatlarga mahsulot yetkazib berish boʻyicha600 ming dollarga yaqin shartnomalar imzolashdi.

Oʻzmilliybank qoshidagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi amaliy koʻmagida tashkillashtirilgan milliy koʻrgazma stendida mamlakatimiz toʻqimachilik bozoridagi“Lorat Tekstil” ,“Bulteks Yevrostar”, “Azalium” , “Santeks”, “Kolibri Tekstil” kabi yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi. 50 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan milliy koʻrgazma stendida yurtimiz korxonalarining va Oʻzbekiston yengil sanoatining ulkan salohiyat va imkoniyatlarini namoyish etildi.

Eʻtiborlisi, yengil sanoat korxonalarimizning mazkur tadbirdagi ishtiroki oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarining ichki va xalqaro hamkorlarning uzoq muddatli manfaatlariga javob beruvchi eksport salohiyatini rivojlantirishida muhim omil boʻlib xizmat qilishi shubhasiz. Koʻrgazma davomida xorijiy importkompaniyalari, yirik savdo tarmoqlari hamda chakana sotuvchilarni oʻzbek milliy stendi oʻziga jalb etdi.

Shuni alohida taʻkidlash lozimki, yil yakuniga qadar Oʻzmilliybank qoshidagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi yana bir qator halqaro tadbirlarda mahalliy tadbirkorlik subyektlari ishtirokini taʻminlashni moʻljallamoqda.

HozirdaDubay, Istambul, Pekin, Riga kabi dunyoning yirik shaharlarida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmalarda milliy pavilon tashkil qilish ishlari olib borilmoqda.

OʻzA
2 129