O‘zA O`zbek

24.08.2018 10:29 Chop etish versiyasi

Tadbirkordan pora olgan soliqchi qoʻlga olindi

Tadbirkordan pora olgan soliqchi qoʻlga olindi
Xususiy tadbirkor X.X. ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilib, unda Chust shahri “Doʻzanda” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan savdo doʻkonida faoliyat yuritishi, davlat soliq inspeksiyasi xodimlari kelib, tekshirmaslik evaziga 300 dollar berishni talab qilganliklarini maʻlum qilgan.

Mazkur ariza boʻyicha Namangan viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Chust tumani davlat soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlovchi T.N. fuqaro X.X.dan 300 dollarni olgan vaqtida qoʻlga olingan.

IIV matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, T.N. qamoqqa olingan. Shuningdek, uning jinoiy sheriklariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

OʻzA
1 928