O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

Tabiiy gazdan olefinlarni ishlab chiqarish boʻyicha hamkorliklar nimadan iborat?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amerika Qoʻshma Shtatlariga davlat tashrifi doirasida “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Honeywell UOP kompaniyasi bilan anglashuv memorandumini imzolagan edi. Unga koʻra, MTO texnologiyasidan foydalangan holda tabiiy gazdan olefinlarni ishlab chiqarish boʻyicha loyiha doirasida hamkorliklar koʻzda tutilgan.

Bunday hamkorliklar davomi oʻlaroq, jamiyat bosh ofisida oʻtkazilgan uchrashuvda rahbariyat AQSHning Honeywell UOP kompaniyasi delagatsiyasi bilan tomonlar hamkorligini rivojlashtirish istiqbollarini muhokama qildi.

Katta imkoniyatlarga ega Honeywell UOP kompaniyasi Xitoyda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan. Aynan uning “Wison Engineering Ltd” kompaniyasi bilan oʻn yildan ziyod vaqt mobaynida MTO loyihalari boʻyicha hamkorligi bunga yaqqol misoldir.

Yakunda olefinlar va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish MTO loyihasi boʻyicha texnik va tijorat hisobotni ishlab chiqishda yordam berish borasida kelishuvga erishildi.

1 355
Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA