Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

31.08.2018 11:46 Chop etish versiyasi

Tabiiy gazdan foydalanishdagi texnik xavfsizlik – dolzarb masala! (video)

Tabiiy gazdan foydalanishdagi texnik xavfsizlik – dolzarb masala! (video)

Nima uchun hozirda tabiiy gazdan foydalanishdagitexnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bu qadar dolzarb masalaga aylanib qoldi?

Oʻzbekiston dunyodagi tabiiy gaz qazib chiqaruvchi yirik davlatlar orasida sakkizinchi va MDH mamlakatlari ichida uchinchi oʻrinda turadi.

Iqtisodiyotining eng yirik tarmoqlaridan hisoblangan neft-gaz sohasi, hozirgi kunda mamlakat YAIMdagi ulushning 15 foizini tashkil qilmoqda. Bugungi kunda soha tizimida koʻplab kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. “Oʻztransgaz” kompaniyasi tabiiy gazni mamlakat boʻylab minglab kilometrlik quvurlar orqali belgilangan talablarga amal qilgan holda va oʻz vaqtida yetkazib berilishga masʼul hisoblanadi.

Aholini “Zangori olov” bilan qay tarzda taʼminlanayotgani haqida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi tomonidan tayyorlangan lavhada hikoya qilinadi.


Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil 
multimedia markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi

OʻzA
1 422