O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Tabiatga zarar yetkazgan saksovul o‘g‘rilari ushlandi

Tabiatga zarar yetkazgan saksovul o‘g‘rilari ushlandi
Navoiy viloyati Zarafshon shahar “Muruntau” ko‘rg‘onida yashovchi fuqaro Kamaz avtomashinasida Tomdi tumani “Utemur” ko‘rg‘onidan saksovul o‘simligini o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikast yetkazib saksovul bo‘talarini olib ketayotganligi aniqlandi.

photo5325542332604459896.jpg

Huquqbuzar tomonidan saksovul butalarini olib ketayotgan vaqtda Zarafshon shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Bu harakati uchun fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 33-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 290-sonli qarorining talablarini buzilganliklari uchun MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan javobgar deb topilib, 2230000 so‘m jarima jazosi qo‘llanildi va 3746400 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar undirildi.

322
O‘zA