O‘zA O`zbek

10.08.2018 12:34 Chop etish versiyasi

Tabiatdan ilhom olib...

Tabiatdan ilhom olib...
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida rassom Sabur Qutlimurodovning “Tabiat manzaralari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi S.Qutlimurodov o‘zining sermahsul ijodi bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozongan.

Musavvirning navbatdagi ko‘rgazmasidan yurtimizning go‘zal va betakror tabiat manzaralari, umrboqiy qadriyatlarimiz aks ettirilgan 50 dan ziyod asari o‘rin olgan. Ayniqsa, “Shohimardon”, “Chilpiq”, “Xiva”, “Buxoro”, “Qibray”, “Andijon”, “Lola gul”, “Keli-kelsap” singari kartinalar tasviriy san’at ixlosmandlarida katta taassurot qoldirmoqda.

13.jpg

22.jpg


Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA
2 500