O‘zA O`zbek

06.09.2018 18:12 Chop etish versiyasi

Tabarruk maskan yanada obod boʻladi

Tabarruk maskan yanada obod boʻladi
Prezidentimiz shu yil 16-fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Bahouddin Naqshband, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Orif Revgariy, Ali Romitaniy, Boboyi Samosiy, Mahmud Fagʻnaviy, Sayyid Amir Kulol meʼmoriy majmualarini oʻz ichiga olgan yetti pir ziyoratgohining zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilinishi mamlakatimizda yangi sayyohlik yoʻnalishini ochishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Yetti buyuk pirlardan biri – Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy taxminan 1210-yilda hozirgi Vobkent tumani Anjirbogʻ qishlogʻida tavallud topgan. Ulugʻ zot 1286-yilda vafot etib, shu qishloqda dafn etilgan. Hazrat mangu qoʻnim topgan maskanda jomye masjidi, maqbara, hovuz, darvozaxona va tutash hududda koʻrkam bogʻ barpo etilgan.

2.JPG

Tabarruk qadamjo ayni kunlarda yanada obodlik kasb etmoqda. Bosh pudratchi “XKMK – 201” MCHJ obyektda rekonstruksiya ishlarini bajarmoqda.Loyihaga koʻra, majmuadagi masjid, maqbara ayvoni, minora, oshxona va boshqa binolar qayta qurilib, ziyoratgoh atrofi 400 metr uzunlikdagi devor bilan oʻrab chiqiladi. Tashrif buyuruvchilarga ziyorat davomida qulaylik yaratish maqsadida hududda avtoturargoh, zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxonabunyod etilmoqda.

4.JPG

Tohir Istatov (surat), OʻzA
1 758