Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2018 18:50 Chop etish versiyasi

Sutni qayta ishlovchi yangi sexda 16 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda

Sutni qayta ishlovchi yangi sexda 16 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda Shumanay tumani markazida “Raushan-mulk” xususiy korxonasining aholiga xizmat koʻrsatish majmuasi foydalanishga topshirildi.

Majmua tijorat bankining 2 milliard 200 million soʻm kredit mablagʻi evaziga qurib bitkazildi. Bu yerda doʻkon, oshxona, sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish sexi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shahobchasi kabi obyektlar ishga tushirilmoqda.

– Soʻnggi ikki yil ichida Shumanayda katta oʻzgarishlar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. – deydi deydi tuman hokimi Bahadir Yangibayev. – Hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlandi. Bu oʻz navbatida aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Birgina mana shu yangi majmuada yetmishdan ortiq doimiy ish oʻrini yaratildi.

Yangi sutni qayta ishlovchi sexda 16 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda ushbu sexdan tashqari tumanda yana ikkita sutni qayta ishlovchi korxona faoliyat yuritmoqda.

Oʻtgan yilning oʻzidayoq, tuman markazida “Kitob olami” majmuasi, non mahsulotlari, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi va boshqa obyektlar foydalanishga topshirildi.

Shu yil oxiriga qadar tumanda “Shomanay teks“ brezent ishlab chiqarish korxonasi ishga tushishi kutilmoqda. Umumiy qiymati 5 million 966 ming dollarni tashkil qiladigan mazkur loyihani amalga oshirish natijasida yana 3 yuzdan ortiq yangi ish oʻrini yaratilishi koʻzda tutilgan.

Yesimxon Qanoatov, OʻzA
1 771