Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.01.2018 14:49 Chop etish versiyasi

Surxondaryo viloyatiga elektrovoz qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yuk tashish hajmi ikki barobarga oshadi

Termiz temir yo‘l vokzalida “Toshkent – Termiz” yo‘nalishida dastlabki qatnovni amalga oshirgan yo‘lovchi elektr poyezdi tantanali kutib olindi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 325 kilometr uzunlikdagi Qarshi – Termiz temir yo‘lini elektlashtirish loyihasini amalga oshirish uchun 327,6 million dollar mablag‘ sarflangan. Loyiha “1-Energomontaj poyezdi” unitar korxonasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilgan.

– Quruvchilarimiz yo‘lning tog‘li hududlarida ham temir-beton ustunlar, metall kesmalar, konsol va kontakt tarmoqlarini mahorat bilan tez va sifatli o‘rnatdi, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “1-Energomontaj poyezdi” unitar korxonasi rahbari o‘rinbosari A.Qodirov.– Temir yo‘lning “Darband – Termiz” yo‘nalishidagi qurilish-montaj ishlarini ikki oyda yakunladik.

Surxondaryo viloyatiga elektrovoz qatnovi yo‘lga qo‘yilgani yoqilg‘i xarajatlarini keskin kamaytirib, yuk tashish hajmini ikki barobar oshiradi. Qolaversa, “Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on” temir yo‘lining tog‘li hududlarida poyezdlar harakatlanishini oshiradi. Yuk va yo‘lovchi poyezdlarini qo‘shimcha vagonlar bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi. O‘n yil ta’mirsiz xizmat ko‘rsatadi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
6 567