Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.02.2017 13:03 Chop etish versiyasi

Surxondaryo viloyatida hududiy partiya tashkilotining o‘tgan yilgi faoliyati sarhisob qilindi

Termizda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati kengashining 2016-yil faoliyati yakunlari va 2017-yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan plenumi o‘tkazildi.

Unda partiya viloyat kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, tuman va shahar partiya tashkilotlari rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari a’zolari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari yetakchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimizning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi, parlament palatalari qo‘shma majlisidagi va mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan yo‘nalishlardan kelib chiqadigan muhim vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashining o‘tgan yilgi faoliyati va 2017-yildagi ustuvor vazifalari tahlil qilindi.

Hisobot davrida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarish, mahalliy vakillik organlariga partiyadan saylangan deputatlar tashabbuskorligi va faoliyati samaradorligini oshirish, partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida amaliy ishlar olib borilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylangan deputatlar o‘tgan yilda fuqarolar murojaatlari asosida 470 dan ortiq deputatlik so‘rovi o‘tkazgan. Uzun, Sherobod, Qiziriq tumanlaridagi mahalliy vakillik organlaridagi partiya deputatlik guruhlari a’zolari xalq deputatlari tuman Kengashlarining sessiyalari muhokamasiga bir qator dolzarb masalalarni kiritib, ularning yechimini topish va tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishgan.

– Joriy yilda vazifalarimiz ko‘lami yanada kengaydi, – deydi xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Dilbar Normurodova. – «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirishni, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan g‘oyani hayotga tatbiq etishni eng ustuvor vazifalarimiz sifatida belgilab oldik. Bunda fuqarolar, saylovchilar va elektorat bilan ochiq muloqot o‘tkazishning samarali mexanizmlari qo‘llanadi. Endilikda biz, xalqning mahalliy Kengashlardagi vakillari hamisha aholi orasida bo‘lib, ularni o‘ylantirayotgan muammolar yechimini topishga ko‘maklashamiz. Bu partiyamiz nufuzini mustahkamlab, saylovchilarimizning ishonchini qozonishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
3 655






Все о погоде - Pogoda.uz