O‘zA O`zbek

22.10.2019 Chop etish versiyasi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Oʻrol Boboqulov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Sherobod tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Shu kungacha Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Amirov Sherobod tumani hokimi etib tayinlandi.

Amirov Alisher Xurramovich 1977-yilning 19-avgustida Boysun tumanida tugʻilgan. 2001-yilda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti, 2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2016-yilda Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangunga qadar “Oʻzavtoyoʻl” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari – bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, sessiyada Yunusov Bahodir tuman prokurori, Aminqulov Behzod tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, Jumayev Shuhrat tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tasdiqlandi.

Sessiyada viloyat hokimi T.Bobolov soʻzga chiqdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining macʼul xodimi Abdulla Tursunov ishtirok etdi.

773
Xolmoʻmin MAMATRAYIMOV, OʻzA