O‘zA O`zbek

22.10.2019 Chop etish versiyasi

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi


Bugun Termizda boʻlib oʻtgan Surxondaryo viloyati faollarining yigʻilishida tashkiliy masala koʻrildi. Amirov Alisher Xurramovich Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlanishi munosabati bilan shu kungacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tasarrufidagi “Import kontraktlar ekspertizasi markazi”ning qurilishda loyiha oldi texnik topshiriqlar va tender hujjatlari ekspertizasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Suvonqulov Ahmad Xudayshukurovich viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

photo5294277788188126173.jpg

Suvonqulov Ahmad Xudayshukurovich 1968-yilning 7-noyabrida Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1994-yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2009-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Surxondaryo viloyati hokimligida kotibiyat mudiri, viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori, Shoʻrchi tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari va boshqa masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Faollar yigʻilishida viloyat hokimi T.Bobolov soʻzga chiqdi.



590
Xolmoʻmin MAMATRAYIMOV, OʻzA