O‘zA O`zbek

06.08.2018 17:24 Chop etish versiyasi

Suratlarda vatan manzaralari

Suratlarda vatan manzaralari
Toshkent Fotosuratlar uyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Qudratimiz birlik va hamjihatlikda” va “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzuida fotoko‘rgazma ochildi.

Mustaqilligimizning 27 yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan fotoko‘rgazmada taniqli rassomlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, akademiklar, yoshlar, keng jamoatchilik hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Ko‘rgazmadaVladimir Jirnov, Abdug‘ani Jumayev, G‘ayrat Shukurov, Rustam Sharipov Vladimir Goncharenko va Vladimir Kovrein kabi tanikli fotoijodkorlarning 100 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda. Kartinalarda aks etgan Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat, ezgulikkaintilishni yaqqol his qilasiz.

10.JPG

14.JPG

Gulnoza Boboyeva, A’lo Abdullayev (surat) O‘zA
3 503