Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.05.2018 14:39 Chop etish versiyasi

Suratlarda muhrlangan tarix

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida Respublika estrada-sirk kolleji tomonidan “Ustoz san’atkor Karim Zaripovning an’analari va zamonaviy sirk san’ati” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.

O‘zbek sirk san’atining yirik namoyandalaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zaripov sohada o‘z maktabini yarata olgan, uning rivoji, taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganlardan. XXI asrda o‘zbek sirk san’ati an’analari davomiyligi, uning bugungi qiyofasi sirk san’ati ustasi faoliyati va nomi bilan chambarchas bog‘liq.

Ko‘rgazmada K.Zaripovning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi, Respublika estrada-sirk kolleji yutuqlari aks etgan suratli lavhalar namoyish etildi.

M.Toshqorayeva, O‘zA
1 709