O‘zA O`zbek

04.07.2020 Chop etish versiyasi

Sudyalar oliy maktabida xalqaro konferensiya oʻtkazildi (+video)

Sudyalar oliy maktabida xalqaro konferensiya oʻtkazildi (+video)

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida “Sud amaliyotining dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Konferensiyada xorijiy ekspertlar, YUNISEF xalqaro tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlari, Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti vakillari, Oliy sud, Toshkent shahar va tuman sudlari sudyalari, Sudyalar oliy maktabi professor oʻqituvchilari va magistratura tinglovchilari ishtirok etdi.

Konferensiyada Yaponiya Adliya vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti vakili sudya Kuroki Kouta, Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Ichixashi Katsuya, YUNISEF xalqaro tashkiloti eksperti Safinas Axayeva, maʼmuriy, jinoyat va iqtisodiy sud ishlarini yuritish sohasida bir qator milliy ekspertlarning maʼruzalari tinglandi.

Konferensiya onlayn video konferensiya rejimida yalpi va ikki seksiya majlisi shaklida oʻtkazildi. Shundan soʻng, konferensiya ishi seksiya yigʻilishlarida davom ettirildi.

Xususan, “Jinoyat ishlari yurituviga yangi protsessual institutlarni joriy etish istiqbollari” seksiyasida jinoyat ishlari yurituvida bepul yuridik yordam institutini takomillashtirish, milliy qonunchilikka dastlabki sud muhokamasini tatbiq qilish, jinoyat protsessida tergov sudyasi institutini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida xalqaro va milliy ekspertlar sud va qonunni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalarida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.


1 887
OʻzA