O‘zA O`zbek

10.05.2018 11:51 Chop etish versiyasi

Sudlanganlikni olib tashlash Prezident tomonidan Farmon qabul qilish orqali amalga oshiriladi

Sudlanganlikni olib tashlash Prezident tomonidan Farmon qabul qilish orqali amalga oshiriladi “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Prezident Farmoni qabul qilingani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Farmon bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, afv etish Prezident tomonidan Farmon qabul qilish orqali quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

asosiy va o‘talmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod etish;

jazodan shartli ozod qilish;

umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qismini yengilroq jazoga almashtirish;

sudlanganlikni olib tashlash.

O‘zA
5 140