Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.08.2018 17:18 Chop etish versiyasi

Sud tizimi: qarorlar mohiyati tushuntiriladi

Sud tizimi: qarorlar mohiyati tushuntiriladi
Sudlar tomonidan qabul qilingan qaror oʻqib eshittirilganidan soʻng, mazkur hujjat mazmun-mohiyati sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirib beriladi.

Sudlar faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan brifinglar oʻtkaziladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudi tomonidan Nurafshon shahrida tashkil etilgan davra suhbatida sud-huquq tizimiga oid qonunchilikdagi oʻzgarishlar va tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida coʻz yuritildi.

Prezidentimizning joriy yil 13 iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etilgan muloqotda viloyat, tuman va shahar xotin-qizlar qoʻmitalari, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat kengashi masʻullari, nuroniylar, mahalla faollari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda sudyalarni moddiy taʻminlash va ijtimoiy himoya qilish tizimiga qaratilayotgan alohida eʻtibor sudyalarning adolatli qarorlar qabul qilishiga, ularning har tomonlama mustaqil, turli taʻsirlarga qarshi tura olishiga zamin yaratayotgani taʻkidlandi.

Tadbir yakunida jamoat tashkilotlari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga atroflicha javob berildi.

A.Xudoyqulov, OʻzA
1 771