Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.06.2018 09:13 Chop etish versiyasi

Sud qarori bekor qilindi

Sud qarori bekor qilindi
Belgilangan qarzdorlik o‘z vaqtida amalga oshirilmagani uchun tumangaz filiali iste’molchini sudga bergan. Sud esa korxona foydasiga qaror chiqargan.

Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Orif Bozorov xonadoniga tabiiy gazdan hisoblangan noreal qarzdorlikdan norozi bo‘lib murojaat qildi.

Tuman jamiyati xodimlari murojaat yuzasidan o‘rganish olib bordi. Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligiga qaramay, “G‘arbgazta’minot” unitar korxonasi Buxoro tumangaz filiali tomonidan fuqaro O.Bozorovga nisbatan 4 112 163 so‘m noreal qarzdorlik hisoblangan. Belgilangan qarzdorlik o‘z vaqtida amalga oshirilmagani uchun tumangaz filiali iste’molchini sudga bergan. Sud korxona foydasiga qaror chiqargan.

Fuqaro O.Bozorovning murojaati bo‘yicha tuman jamiyati sudga e’tiroz xati kiritdi va iste’molchiga yuklangan qarzdorlik asossiz ekanligi isbotlandi.

Iste’molchiga yuklatilgan 4 112 163 so‘m noreal qarzdorlik va 411 216 so‘m davlat boji bekor qilindi.

O‘zA
1 695