O‘zA O`zbek

20.08.2018 17:34 Chop etish versiyasi

“Street Art” tanlovi

“Street Art” tanlovi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ijod saroyida “STREET ART” zamonaviy san’at va raqs tanlovi tashkil etildi.

Ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda zamonaviy raqs va san’at yo‘nalishiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

3.jpg

– Men asosan, rang-tasvir yo‘nalishida ijod qilaman. Bugungi tanlovda 12 taga yaqin ishtirokchilar o‘rtasida rassomchilik yo‘nalishida musobaqa bo‘lmoqda, – deydi Suhrob To‘ychiyev. – Men tanlov uchun nemis yozuvchisi Gyotening “Faust” asariga bag‘ishlangan suratni chizdim. “STREET ART” suratlar, asosan, ko‘chalarga, devorlarga chiziladi. Bugun biz maxsus ajratilgan bannerlarga rasmlarimizni chizdik.

5.jpg

Inobat Ahatova, Farhod Abdurasulov (surat) O‘zA
2 442