O‘zA O`zbek

27.08.2018 14:16 Chop etish versiyasi

Statistika hisoboti shakllarini taqdim etish muddati faqat sentabr oyi uchun oʻzgardi


Davlat statistika qoʻmitasi hisobot taqdim etuvchi subyektlar uchun davlatimiz rahbarining 2017-yil 28-dekabrdagi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoni munosabati bilan statistika hisoboti shakllarini taqdim etish muddati oʻzgarganligini maʼlum qildi.

Jumladan, - 1-K (oylik) “Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot”, 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot”, 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisobot”, 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot”larni – 5-sentabrdan kechiktirmay;

- 2-narx (oylik) “Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida hisobot”ini – 7 sentabrdan kechiktirmay taqdim etishga oʻzgartirildi.

Shuningdek, Davlat statistika qoʻmitasi serverlari kecha-yu kunduz ishlashini va hisobot topshiruvchi xohishiga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishi mumkinligini maʼlum qiladi.

O'zA
1 709