O‘zA O`zbek

15.08.2018 15:21 Chop etish versiyasi

Sport mutaxassislari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tadi

Sport mutaxassislari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tadi
Qayta tayyorlash kurslari Markaz tashabbusiga ko‘ra shartnoma asosida tashkil etilib, uni tamomlagan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Hukumat qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, nodavlat ta’lim muasasalarning xodimlari va jismoniy shaxslar esa ular bilan tuzilgan shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tadi.

Qayta tayyorlash shakllari, davomiyligi va o‘quv yuklamasining hajmi:

pedagogik qayta tayyorlash – kamida 4 oy;

kasbiy qayta tayyorlash – kamida 4 oy;

maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish – 3 oy.

Qayta tayyorlash kurslari Markaz tashabbusiga ko‘ra shartnoma asosida tashkil etilib, uni tamomlagan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Nizomga ko‘ra, endilikda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning malaka toifalarini olishi (o‘zgartirishi) va egallab turgan lavozimlariga mosligini attestatsiyadan o‘tkazishda ularning ushbu qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat (diplom, sertifikat) talab etiladi.

O‘zA
1 829