O‘zA O`zbek

11.06.2020 Chop etish versiyasi

Sport anjomlari karvoni maktablarga yoʻl oldi

Sport anjomlari karvoni maktablarga yoʻl oldi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi 921 ta umumtaʼlim maktabiga qariyb 250 million soʻmlik 8 turdagi sport anjomlarini tarqatdi.

photo_2020-06-11_20-36-39.jpg

Yoshlarni jismonan chiniqtirib, sogʻlom kamolga yetkazish va ularning sport sohasidagi qobiliyatini keng namoyon etishi uchun zarur boʻladigan anjomlar orasida futbol, voleybol toʻplari, stol tennisi, boks qoʻlqopi, shaxmat-shashka toʻplamlari ham mavjud.

photo_2020-06-11_20-36-42.jpg

Viloyatda 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilib, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib etish, ularning maʼnaviyatini yuksaltirish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish koʻnikmalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yigit-qizlarni jismonan chiniqtirib, ularning sport sohasidagi qobiliyatini keng namoyish etishi uchun zarur sharoit yaratilayotir. Jumladan, viloyat hokimligi va Oʻzbekiston Islom akademiyasi yaqinda umumtaʼlim maktablariga 136 million soʻmlik 9 nomdagi 8 mingdan ortiq diniy-maʼrifiy mazmundagi kitoblarni tuhfa qilgan edi.

photo_2020-06-11_20-36-47.jpg

Vohadagi umumtaʼlim maktablariga teng miqdorda taqsimlangan sport anjomlari karvoni viloyat xalq taʼlimi hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari vakillari hamrohligida Termiz shahridan belgilangan manzil tomon yoʻl oldi.

12 361
Xolmoʻmin MAMATRAYIMOV, OʻzA