O‘zA O`zbek

30.08.2018 12:44 Chop etish versiyasi

Sovrin jamgʻarma 100 000 AQSH dollari, gʻolibga 50 000 AQSH dollari pul mukofoti

Sovrin jamgʻarma 100 000 AQSH dollari, gʻolibga 50 000 AQSH dollari pul mukofoti

6-sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida kurash boʻyicha Prezident sovrini uchun I xalqaro turnir boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-oktyabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Kurash Xalqaro assotsiatsiyasi taʼsis etilgan kun – 6-sentyabr “Kurash” milliy sport turi kuni sifatida belgilandi.

Ushbu munosabat bilan joriy yilning 6-sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida kurash boʻyicha Prezident sovrini uchun I xalqaro turnir boʻlib oʻtadi.

Unda kurash tarixidagi anʼanaviy va zamonaviy yoʻnalishlarni uygʻunlashtirgan mutlaq vaznda bellashuvlar oʻtkaziladi. Nufuzli turnirning sovrin jamgʻarmasi 100 000 AQSH dollari etib belgilangan. Musobaqa gʻolibiga 50 000 AQSH dollari pul mukofoti beriladi.

Bu kabi musobaqalar oʻtkazilishidan koʻzlangan asosiy maqsad milliy qadriyatimiz boʻlgan kurash sport turini dunyo boʻylab yanada ommalashtirish va yoshlarimizning kurashga boʻlgan qiziqishini oshirishdir.

J.Toshxoʻjayev, OʻzA
1 820