Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 16:04 Chop etish versiyasi

Soliq stavkalaridan xabardormisiz?

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan «Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash burchimiz» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini hisoblash, undirish va mazkur soliq turlari bo‘yicha beriladigan imtiyozlar, bu boradagi so‘nggi yangiliklar haqida so‘z yuritildi.

Prezidentimizning 2016-yil 27-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan 2017-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,7 foiz miqdorida belgilandi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar bo‘yicha alohida stavkalar shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy va kvartiralarga 1,8 foizdan 2,1 foizgacha, maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 2,5 foizdan 2,9 foizga oshirildi.

2017-yilning 1-yanvaridan boshlab boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan ziyod turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 2,1 foiz miqdorida belgilandi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr hujjatlaridagi inventarizatsiya qiymatidan, lekin 3 million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordan kelib chiqib hisoblanadi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga oluvchi organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi qurilgan turar joylar bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatidan kelib chiqib, ikki baravar miqdorida undiriladi.

O‘zbekiston Qahramoni va boshqa faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar, urush nogironlari va qatnashchilari, o‘n nafar va undan ortiq farzandi bo‘lgan ayollar, I va II guruh nogironlari, pensionerlar, yolg‘iz pensionerlar, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar, qator toifa shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

O‘n nafar va undan ortiq farzandli ayollar, I va II guruh nogironlari hamda pensionerlarning 60 kvadrat metrdan oshmaydigan ko‘chmas mulkiga nisbatan imtiyozlar qo‘llaniladi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Behzod Bozorov, O‘zA
1 659






Все о погоде - Pogoda.uz