Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.08.2017 17:33 Chop etish versiyasi

Soliq qarzdorligi kamaytirilmoqda

Toshkent shahar iqtisodiy sudi tashabbusi bilan sud tomonidan bankrot deb topilgan va bir yildan ortiq muddat mobaynida davlat reyestridan chiqarilmasdan turgan korxonalarni tugatish yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rish va bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni qonuniy hal etish borasida amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi, Toshkent shahar prokuraturasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda joriy yilning o‘tgan yetti oyi sarhisobi hamda mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirda Toshkent shahridagi soliq qarzi mavjud korxonalarga nisbatan bankrotlik tamoyilini ochish va ularni belgilangan tartibda hisobdan chiqarishda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va sustkashliklar tanqidiy tahlil etildi.

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburligi hamda soliq kodeksining 6-moddasida har bir shaxs soliq kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi shartligi belgilab qo‘yilgan, – deydi Toshkent shahar iqtisodiy sudi raisi vazifasini bajaruvchi Malika Qalandarova. – Biroq ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘zining qonun bilan belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarini amalga oshirmaganligi oqibatida soliq qarzdorligi hosil bo‘lmoqda. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida bugungi tadbirda soliq organi xodimlarining sud boshqaruvchiligi davrida vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.

Toshkent shahar prokuraturasi, iqtisodiy sudi va boshqa organlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tadbirlar samarasida joriy yilning yanvar-iyul oylarida 1 ming 100 xo‘jalik yurituvchi subyektlar soliq qarzdorligining qariyb 50 foizini undirishga erishildi.

Davron Sunnatov, O‘zA
1 239






Все о погоде - Pogoda.uz