Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 15:30 Chop etish versiyasi

“Sohibqiron ma’naviyati” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida tarix fanlari doktori Ahmadjon Choriyevning “Sohibqiron ma’naviyati” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Professor A.Choriyevning turli mavzularda yigirmadan ortiq kitobi chop etilgan. Ayniqsa, tariximiz, buyuk ajdodlarimiz, yurtimizning muqaddas ziyoratgohlari va qadamjolari haqidagi  asarlari kitobxonlar e’tiboriga tushgan.

“Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Sohibqiron ma’naviyati” asarida Amir Temur bobomizning hayoti, bashariyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, ma’naviyat peshvolariga bo‘lgan ibratli munosabati, yurt farovonligi, bunyodkorlik yo‘lidagi ulkan sa’y-harakatlari bayon etilgan.

– Sohibqiron Amir Temur bobomizning hayoti va qilgan ezgu ishlari kelajak avlod uchun ibratdir, – deydi tarix fanlari doktori Rahmon Farmonov. – Muallifning mazkur asarida farzandlarimizni qahramonlik, birdamlik va ahillikka chorlovchi, ma’naviyatimizni teran anglash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixni ilmiy tadqiq etishga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab fikrlar, mushohadalar o‘rin olgan. Bundan tashqari, mazkur kitob Amir Temur shaxsini yangicha yondashuv asosida o‘rganish yo‘lida ham muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
2 357






Все о погоде - Pogoda.uz