Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.10.2017 18:06 Chop etish versiyasi

“Sog‘lom avlod – millat tayanchi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati markaziy poliklinikasi tomonidan “Sog‘lom avlod – millat tayanchi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samarasida mamlakatimiz aholisi, xususan, yoshlarning tibbiy madaniyati yuksalib, sog‘lom avlodni shakllantirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Yoshlar hayotiga jiddiy xavf solayotgan giyohvandlik, yod tanqisligi, kamqonlik va sil kasalligiga qarshi kurashishda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

– Kasallikka qarshi kurashishning eng samarali yo‘li, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishdir, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati markaziy poliklinikasi shifokori Dilrabo Rahimova. – Zero, har bir inson o‘zining sog‘lig‘i uchun mas’uldir. Shu bois davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha muntazam davra suhbatlari, tadbirlar o‘tkazmoqdamiz.

Tadbir doirasida mutaxassislarning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi. Tibbiy-ijtimoiy jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida davlat, jamoat tashkilotlari va ta’lim muassasalari hamkorligini yanada kengaytirish, aholi, xususan, yoshlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 686






Все о погоде - Pogoda.uz