O‘zA O`zbek

14.08.2019 12:13 Chop etish versiyasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuv holatiga izoh berdi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuv holatiga izoh berdi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl chetida tez tibbiy yordam mashinasi shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuv aks etgan videoyozuv tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bordi.

Maʼlum boʻlishicha, videolavhada aks etgan tez tibbiy yordam brigadasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli boʻlmagan. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, hozirgi paytda poytaxtdagi 12 ta tez tibbiy yordam boʻlimlarida 179 ta tez tibbiy yordam brigadasi shtat rejimida tun-u kun ishlab turibdi va sutkasiga oʻrtacha 3 mingta murojaat boʻyicha xizmat koʻrsatmoqda. Dastlabki tekshiruvlarga koʻra, videoyozuvdagi xodimlar va mashina xususiy tibbiyot muassasasiga tegishli tez tibbiy yordam brigadasiniki ekanligi aniqlandi. 

Vazirlik oʻz vakolati doirasida mazkur holatni oʻrganib, tegishli qatʼiy choralarni koʻrishi va bu haqda qoʻshimcha maʼlumotlar berilishini maʼlum qiladi.

OʻzA
858