O‘zA O`zbek

14.01.2020 Chop etish versiyasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi: Tez tibbiy yordam 5-qavatda osilib qolgan yosh bolani qutqarish uchun 7 daqiqada yetib bordi

Sogʻliqni saqlash vazirligi: Tez tibbiy yordam 5-qavatda osilib qolgan yosh bolani qutqarish uchun 7 daqiqada yetib bordi

Ijtimoiy tarmoqlarda 14-yanvar kuni Toshkentdagi koʻp qavatli uylarning birida 5-qavatda yosh bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.

14-yanvar soat 16:18 da Olmazor tumani Beruniy dahasi 3-blok 135-xonadondan chaqiruv boʻlgan. Tez tibbiy yordam mashinasi oʻz vaqtida yetib borgan. Unda 3 yoshu 11 oylik A.X. uyda yolgʻiz qolganligi sababli oʻynab, derazadan chiqib ketgan, lekin uni aholi koʻrib, pastda adyol tutib ushlab qolgan.

Tez tibbiy yordam guruhi 7 daqiqa ichida yetib borgan, birinchi yordam voqea joyida koʻrsatilgan, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan; ayni paytda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qoʻllanilyapti. Ogʻir jarohat olmagan. Bosh miya chayqalishi deb birlamchi tashxis qoʻyilgan. Ahvoli hozir barqaror.

1 454
OʻzA