O‘zA O`zbek

09.08.2018 14:58 Chop etish versiyasi

Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov

Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov
Zulfiya Abdurahmonova 2-son Respublika klinik shifoxonasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi.

1a69883a-9b1b-492d-870a-6142674932e0.jpgUnga, avvalo, davolash ishlarida tibbiyotning zamonaviy va samarali texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan, kordiologiya, nevrologiya, terapiya kabi qator yo‘nalishlarni takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish, tibbiy radiologiya yo‘nalishida ilmiy ishlarni rivojlantirish, davr talabiga mos malakali kadrlarni tayyorlash, xorijning nufuzli tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlagan holda, soha vakillarining xalqaro klinikalarda malaka oshirishlarini, chet el mutaxassislarining klinikada mahorat darslarini tashkil etish kabi vazifalar yuklatildi. Shuningdek, unga xalqqa yanada yaqinlashish, qog‘ozda quruq hisobotlar bilan emas, balki amaliy natijalar bilan odamlar ishonchini qozonish, ular dardiga malham bo‘lish kabi ustuvor yo‘nalishlar ham belgilab berildi.

Z.Abdurahmonov bunga qadar mazkur klinik shifoxonaning davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari, shu bilan birga, bosh vrach vazifasini bajaruvchi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Axborot xizmati

O`zA
2 438