Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.08.2018 17:43 Chop etish versiyasi

Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov

Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

798d255e-9a06-4fe0-9cbe-8e2182d112ed.jpgEpidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga Nurmat Satiniyazovich Atabekov tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Unga mazkur institut ilmiy darajasi va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yuqumli kasalliklar sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabni qondirish vazifasi yuklatildi. Bundan tashqari, u yuqumli kasalliklar sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsion modellarni keng qo‘llash, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta’minlash singari vazifalarga ham mas’ul e’tib belgilandi.

N.Atabekov ilgari Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zA
1 964