O‘zA O`zbek

30.08.2018 12:27 Chop etish versiyasi

Sogʻliqni saqlash tizimida yana bir tayinlov

Sogʻliqni saqlash tizimida yana bir tayinlov

Shahnoza Alimdjanovna Zufarova Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi direktori etib tayinladi.

Unga markaz faoliyatini qayta koʻrib chiqib, rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, yangi, innovatsion reproduktiv texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, hududiy vertikal tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, birlamchi tibbiyot yoʻnalishi va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash, ixtisoslashtirilgan ginekologik yordamni aholiga yanada yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash singari muhim vazifalar yuklatildi.

Bundan tashqari, u aholi tibbiy madaniyatini oshirish va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilgʻor diagnostika va davolash standartlarini amaliyotga joriy etib, xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi yoʻnalishlarga ham masʼul etib belgilandi. 

Tibbiyot fanlari doktori Shahnoza Zufarova bugunga qadar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi 
Axborot xizmati

OʻzA
1 512