O‘zA O`zbek

07.08.2018 16:48 Chop etish versiyasi

Sog‘liqni saqlash tizimida tayinlov

Sog‘liqni saqlash tizimida tayinlov
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida Dinara Makkambayevna Xashirbayeva ish boshladi.

48efaaff-0c8e-4b2e-9ef7-24ae8b92ae5c.jpgUnga, birinchi navbatda, mazkur institutni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, kasb kasalliklarini oldini olish va erta aniqlash, unidiagnostikasi va davolash standartlarini qayta ko‘rib chiqib, zamonaviyusullarni amaliyotga tatbiq etish, shu orqali sohada salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash vazifasi yuklatildi. Shuningdek, u innovatsion ishlanma va texnologiyalardan foydalangan holda institutning ilmiy salohiyatini oshirish, mamlakatimizda profpatolog mutaxassislarni tayyorlash, ularning ishini bugungi kun talabidan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, aholi salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish maqsadida sanitariya qoida va me’yorlarni ishlab chiqishkabi muhim yo‘nalishlarga ham mas’ul etibbelgilandi.

D.Xashirbayeva bunga qadar Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi matbuot xizmati

O‘zA
2 169