O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

Soʻxda aloqa qamrovi kengaydi

Soʻxda aloqa qamrovi kengaydi

“Oʻztelekom” AK “Uzmobile” filiali Fargʻona hududiy bogʻlamasi baza stansiyalarini ekspluatatsiya qilish boʻlimi boshligʻi Azamat Normirzayevning aytishicha, Soʻx tumanidagi Malbut, Hushyor, Istiqlol mahallalari, Soʻx radio televizion stansiyasi va tuman markazida oʻrnatilgan baza stansiyalarida aloqa sifati ikki barobarga oshirildi.

Filialning tumandagi 10 ta baza stansiyalari yuqori tezlikdagi (“4G” standartida) internet texnologiyalari asosida modernizatsiya qilindi. Natijada Zangat, Chumoqcha, Mulgon, Demursad, Lenburg, Gʻaznov, Qalʼa, Qalʼacha, Sarikanda, Qizilqiyoq, Saribozorcha, Chashma, Tul, Malbut, Hushyor, Guliston, Istiqlol, Devayron, Umbara, Rovon hududida mobil aloqa qamrovi yaxshilandi va internet tezligi oshdi. Ayni paytda tuman hududida aholi “Mobiuz”, “Uzmobile” va “Ucell” aloqa kompaniyalari xizmatidan foydalanmoqda.

photo_2020-07-08_14-14-54.jpg

3 552
Muqimjon QODIROV (surat), OʻzA