O‘zA O`zbek

04.08.2018 13:00 Chop etish versiyasi

“Smaylik”da baxtiyor bolalik

“Smaylik”da baxtiyor bolalik

Samarqand shahar Davlatshoh Samarqandiy nomidagi mahallada “SMAYLIK” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi.

6.JPG

Nasiba Aslanova o‘z xonadonida tashkil qilgan “SMAYLIK” joriy yil Samarqand shahrida faoliyat boshlagan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining oltinchisi bo‘ldi. Shu kungacha “Ertaklar olami”, “Umka N”, “Asalina Go‘zalina”, “Advantage Smart Kids” hamda “Quvnoq bolalar” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. 

9.JPG

– Mahalladoshlarim hududda maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligidan shikoyat qilishardi, – deydi Nasiba Aslanova. — O‘zim ham nevaralarimni qo‘shni mahalladagi bog‘chaga olib borardim. Masofaning uzoqligi ko‘pincha muammo tug‘dirardi. Farzandlarim bilan kelishib, uyimizda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil qilishni rejalashtirdik. Natijada “SMAYLIK” NMTM tashkil topdi. Bolalarning quvonchi, shodligi har bir xonadonga fayz olib kiradi. Mahallamiz bolalariga ana shunday baxtiyor onlarni tuhfa etishdan xursandmiz. Muassasamiz ota-onalarga ham manzur bo‘lmoqda.

16.JPG

50 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada ta’lim-tarbiya jarayoni maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida tashkil etilmoqda. Ta’lim rus tilida olib boriladigan mazkur muassasada hozirda 20 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ayni paytda muassasada ingliz tili, raqs, gimnastika to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Alisher Isroilov (surat), O‘zA
2 559