Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.08.2017 19:12 Chop etish versiyasi

Siyosiy partiyalar taraqqiyoti

«Taraqqiyot strategiyasi» markazida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhi va xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha ekspert guruhining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya dasturini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhi, xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha ekspert guruhi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi vakillari, partiya markaziy kengashi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar kengashlari apparati xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi H.Ketmonov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalar siyosiy partiyalar taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ma’ruzada Xalq demokratik partiyasi faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, xususan, partiya saylovoldi dasturida pensionerlar, nogironlar, kam ta’minlangan aholi qatlamlari manfaatini himoya qilish g‘oyalari ilgari surilgani, ammo bu borada amaliy harakatlar ko‘zga tashlanmayotgani asosli tanqid qilindi. Bundan xulosa chiqargan holda, XDP faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, partiya dasturini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzilgan. Ular pensionerlar hayot darajasini yanada yaxshilash, mavjud muammo-kamchiliklarni o‘rganish va bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda.

Tadbirda partiya saylovoldi dasturini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhining taqdim etgan materiallari va xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha ekspert guruhining chiqishlari tahlil qilindi. Partiya mintaqaviy tashkilotlari va mahalliy kengashlardagi deputatlarning qonunchiligimizda belgilangan vakolati va imkoniyatidan foydalangan holda, hamkorlik rejasi asosida ishchi guruh vakillari, ekspertlari bilan birga ish olib borish joylardagi muammolar yechimini topishda yaxshi samara berishi ta’kidlandi.

Xalqaro tajribani o‘rganish, uni milliy qadriyatlarimizga mos holda qayta ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 082






Все о погоде - Pogoda.uz