Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.08.2017 17:52 Chop etish versiyasi

Siyosiy jarayondagi uyg‘onishlar

"Bugun zamonning o‘zi siyosiy partiyalarning ish uslubini tubdan o‘zgartirish, ularning aholi, elektorat bilan muloqotini tizimli yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. Endi “mudrab yotgan” siyosiy partiyalar uyg‘onishi lozim. Ular balandparvoz gaplarni chetga surib, aniq amaliy ishlar bilan odamlarimiz, saylovchilar ishonchini qozonishi, ularning qalbidan joy olishi kerak".

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 12-iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasidagi bu da’vat bugun siyosiy partiyalarni o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil ruhida qayta ko‘rib chiqishga undamoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur dasturilamal ma’ruzasida bildirilgan fikr-mulohazalar, ko‘tarilgan masalalar, tahlillar Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.Yoqubov va boshqalar O‘zLiDeP va uning har bir faoli butun sa’y-harakati, bilimi va salohiyati bilan O‘zLiDeP faoliyatini tubdan yangi bosqichga ko‘tarish, keng miqyosli islohotlarning tashabbuskoriga, yangilanishlarning asosiy ijrochisiga aylanishi lozimligini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari 12-iyuldagi videoselektor yig‘ilishida ta’kidlaganidek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining faoliyatini ham mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuch sifatida faol va samarali deb bo‘lmaydi.

Tadbirda partiya faoliyatidagi mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Ularni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi ko‘rib chiqildi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda faol va samarali ishtirok etish lozimligiga e’tibor qaratildi.

Majlisda iqtisodiyotni liberallashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash va boshqa yo‘nalishlarda partiya faoliyatini yanada takomillashtirish va kuchaytirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, partiya dasturiy maksad va vazifalari, mafkuraviy sohadagi ishlar qayta ko‘rib chiqilib, zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi, bunda jahon tajribasidan foydalanish yaxshi samara berishi qayd etildi. Deputatlik korpusi, ayniqsa, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi faoliyatini yanada kuchaytirish, yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish singari masalalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
867






Все о погоде - Pogoda.uz