O‘zA O`zbek

22.02.2019 17:11 Chop etish versiyasi

Siyob dehqon bozori va uning atrofidagi 495 xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatida kamchiliklar aniqlandi

Siyob dehqon bozori va uning atrofidagi 495 xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatida kamchiliklar aniqlandi

Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Jumladan, 161 tadbirkorning tegishli hujjatlarsiz faoliyat yuritayotgani, 38 subyektning faoliyat esa guvohnomaga mos kelmasligi kuzatildi. 57 tadbirkor nazorat kassa mashinasi oʻrnatmagan boʻlsa, yana 57 nafari bankda hisob raqami ochmagan. 59 savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida toʻlov terminali oʻrnatilmagan, 54 tasi boʻyicha ijara shartnomasi tuzilmagan ekan. Shuningdek, 56 tadbirkor tomonidan norasmiy yollanma ishchilarni ishlatish holatlari qayd etilgan.

Oʻrganishlar davomida hududdagi 177 ta xoʻjalik yurituvchi subyektning kamchiliklari toʻliq bartaraf etildi.

OʻzA
626