Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.10.2017 16:50 Chop etish versiyasi

Sirdaryoda harbiy xizmatchilarning ijodkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyati hokimligi, Toshkent harbiy okrugi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar, shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjantlar, ofitserlar, shoir-yozuvchilar, yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa qudratini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga qodir milliy armiyamiz shakllantirilgani alohida ta’kidlandi.

– Bu kabi ijodiy uchrashuvlar Vatan himoyachilarining harbiy burchini yuksak darajada ado etishida muhim ahamiyatga ega, – deydi podpolkovnik M.Kenjayev. – Bugungi uchrashuv ham harbiy xizmatchilar qalbida Vatanga muhabbat, burchga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashi, ularning ma’naviy olamini boyitishga xizmat qilishiga ishonchim komil.

Adiblar va yosh ijodkorlarning Vatan, tinchlik, do‘stlik, yoshlik va muhabbatni tarannum etuvchi she’rlari, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

O‘z xizmat burchini bajarishda jonbozlik ko‘rsatayotgan bir guruh askarlar, serjant va ofitserlar tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
1 467






Все о погоде - Pogoda.uz