Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.08.2017 18:00 Chop etish versiyasi

Sirdaryoda “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlab “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarda taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, san’atkorlardan iborat targ‘ibot guruhlari mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, tinch va osoyishta hayotimizning qadr-qimmati haqida so‘z yuritmoqda.

Oqoltin tumanidagi “Shodlik”, “Bo‘ston”, “Ahillik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tgan shunday tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, targ‘ibot guruhi vakillari, nuroniylar, mahalla faollari, uyushmagan yoshlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Poytaxtdan kelgan targ‘ibot guruhi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq akademiyasi katta o‘qituvchisi H.Aliqulov, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom D.Mamedova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida xalqimiz farovonligini oshirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish, milliy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– Xalqimizning ongu shuuridagi yuksalishlar, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan ko‘zing yayraydi, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari G‘.Yusupov. – Fuqarolar barcha sohalardagi haq-huquqlari qonun himoyasida ekani, mamlakatimizning har bir fuqarosi, millati, tili, dini, irqidan qat’i nazar, shu yurtda qadr-qimmat topayotganini to‘la his qilmoqda. Xalqimiz erishayotgan ulkan yutuq va marralardan g‘urur-iftixor tuymoqda.

Vatan, istiqlol, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
1 122






Все о погоде - Pogoda.uz