Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.11.2017 14:11 Chop etish versiyasi

Sirdaryoda 2017-2021-yillarda yana 904 arzon uy-joy qurilishi belgilangan

Sirdaryoda 2017-2021-yillarda yana 904 arzon uy-joy qurilishi belgilangan Sirdaryo viloyatining Guliston tumani “Mevazor” massivida har biri 2 sotixdan iborat 3 xonali 38 uy foydalanishga topshirildi.

Prezidentimizning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan uylar “Bahodir Boyovut quruvchi” firmasi bunyodkorlari tomonidan qurildi.

1.jpg

–Guliston shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida ijarada turar edik, – deydi 15-maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi xodimi E.Abdurahmonova. – Yaratganga shukur, yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan arzon uy-joylardan biriga ko‘chib o‘tdik. Boshlang‘ich badali 15 foiz ekan. Bundan tashqari, ipoteka krediti 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yilda yillik miqdor 7 foiz bo‘lib, 15 yil muddatga berildi. Bunday imtiyoz va yengilliklar uchun davlatimizdan minnatdormiz. Endi shu yerda to‘ylar qilamiz, qiz chiqarib, o‘g‘il uylaymiz.

Viloyatda 2017-2021-yillarda yana 21 massivda 904 arzon uy-joy qurilishi belgilangan.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA
2 326






Все о погоде - Pogoda.uz