O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Sirdaryo yangiliklari – qisqa satrlarda

Sirdaryo yangiliklari – qisqa satrlarda

Faoliyatini Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida olib borayotgan “Boyovut avangard cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻz otaligʻiga olgan ehtiyojmand, kam taʼminlangan, nochorlikda kun kechiruvchi, oilasida nogironligi bor hamda serfarzand oilalar holidan xabar oldi.

“Boyovut avangard cluster” MCHJ maʼmuriyati tomonidan ertangi Ramazon hayiti munosabati bilan tumandagi 50 ta koʻp farzandli oilalarga bayram tuhfasi sifatida shirinliklar ulashildi.

* * * * *

Fuqarolarga xizmat koʻrsatish bizning burchimizdir

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda Sardoba “Suv ombori”da yuz bergan toshqin natijasida fuqarolarning yoʻqotilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport) topilib, oʻz egasiga qaytarib berildi.

Xususan, Sardoba tumani, “Yurtdosh” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Dilfuza Xolboyevaga tegishli hamyon suv toshqini natijasida oqib ketib, shu hududdan ichki ishlar xodimi tomonidan topib olingan. Hamyonda chiqqan fuqarolik pasporti, plastik karta va 800 ming soʻmga yaqin pul oʻz egasiga qaytarildi.

Biroq, hamyon ichida boʻlgan pasport yaroqsiz holga kelib qolgan. Sardoba tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi xodimlari tomonidan qisqa muddatda D.Xolbayevaning fuqarolarik pasporti yangisiga almashtirib berildi.

* * * * *

Turkiyalik investor Xovosda

photo_2020-05-23_13-33-24.jpg

Xovosda Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari D.Madirimov, tuman hokimi U.Kamolov va boshqa mutasaddi vakillar Turkiya davlatidan tashrif buyurgan investor bilan tuman hududida turk yongʻogʻi va qoʻziqorin yetishtirish uchun yer maydoni ajratish borasida muzokaralar olib bordi.

Xorijlik investor bilan uchrashuvda turkiyalik sarmoyadorga tumandagi “Turkiston” suv isteʼmolchilari uyushmasidan 100 gektar yer maydoni ajratish va loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

769
A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), OʻzA