Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 18:01 Chop etish versiyasi

Sirdaryo viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 24 kilometr masofaga suv quvurlari tortildi.

Prezidentimizning 2017-yil 20-apreldagi “2017-2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida ichimlik suvi ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qishloq joylarda suv ta’minoti yaxshilanayotir. Boyovut, Mirzaobod, Guliston, Sayxunobod tumanlaridagi bir qator mahallalar aholisi ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlandi.

Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlari markazlari va qishloq aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash" loyihasiga asosan 155 qishloqning 343 ming aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Ichimlik suvi quvurlarining umumiy uzunligi 1 ming 164 kilometrni tashkil etadi.

– Asosiy maqsad aholini toza ichimlik suvi bilan to‘la ta’minlashdir, – deydi Sirdaryo viloyati “Suvoqova” davlat unitar korxonasi rahbari Yu.Jalolov. – Bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda Xovos, Oqoltin, Mirzaobod, Sardoba tumanlarida quvurlarni yotqizish ishlari davom etayotir.

2018-yil Investitsiya dasturi asosida viloyatning yana 52 aholi punktida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, 4 suv inshooti ta’mirlanishi uchun 19 milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan 39 yangi tik quduq qurilib, 3 shunday quduq ta’mirlanadi, 57 suv nasosi, 4 transformator hamda 43 suv minorasi o‘rnatiladi. Qariyb 120 kilometrlik suv quvurlari yotqiziladi. Bu 93 mingdan ziyod aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
2 075






Все о погоде - Pogoda.uz