O‘zA O`zbek

27.04.2020 Chop etish versiyasi

Sirdaryo viloyati: kun xabarlari – qisqa satrlarda

Sirdaryo viloyati: kun xabarlari – qisqa satrlarda

Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov joriy yilning 26-aprel kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

R.Mamatov viloyatning Oqoltin tumanida boʻlib, mahallalardagi notinch, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar, baʼzi oiladagi surunkali ichuvchi fuqarolar aniqlanib, ular bilan qanday ish olib borish yuzasidan vazifalar taqsimoti soʻraldi. Aholining ogʻir ijtimoiy vaziyatda yashovchi qatlamini aniqlab, ularni qoʻllab-quvvatlash, roʻyxatini shakllantirib, amaliy yordam koʻrsatish borasida mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar berdi.

* * *

Shirin shahar ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

Shirin shahar 3-sektor rahbari Z. Sobirov tashabbusi bilan sektorga kiruvchi Doʻstlik, Nurobod mahalla fuqarolari yigʻini hududida yashovchi oilalar oʻrganilib chiqildi. Oʻrganish davomida koronavirus pandemiyasi boʻyicha eʼlon qilingan karantin yuzasidan ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlib qolgan oilalarning roʻyxati shakllantirildi va holidan xabar olinib ushbu oilalarga “Sahovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida 9 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.

Ushbu xayrli ish viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hududdagi barcha tuman va shaharlar boʻylab davom etmoqda.

* * *

Mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash va koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan karantin tadbiri boshidan joriy yilning 26-aprel kuni kechki soat 19:00 ga qadar karantin qoidalarini buzish bilan bogʻliq jami 6 ming 896 holat aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.

* * *

Sirdaryo viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosarlari, tuman va shahar boʻlimlarida faoliyat olib borayotgan rahbarlarning, mahalla raislarining ish joylarini, yashash sharoitlarini oʻrganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib, aholiga namuna qilib koʻrsatish ishlarini izchil davom ettirmoqda.

– Boshlayotgan har bir ishimiz, avvalo, oʻz oilamiz va ostonamizdan boshlanishi kerakligi, bu esa fuqarolarimizni mahallaga boʻlgan ishonchini, hurmatini oshishiga xizmat qiladi, – deydi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari Oʻ.Abdiyev. – Oqoltin tumanidagi Andijon mahallasining 92 nafariga pandemiya sababli vaqtincha ishsiz boʻlib qolgan, kam taʼminlangan, ogʻir ijtimoiy vaziyatda yashovchi fuqarolarini dehqonchilik, tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar va fermer xoʻjaligi rahbarlariga biriktirib, ularni ogʻir holatlarini yengillashtirish choralarini amalga oshirdik.

Bundan tashqari, boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari viloyatning boshqa tuman va shaharlarida boʻlib, mahalla raislarining ish joylari, band boʻlmagan fuqarolarning xonadoni oʻrganildi.

3 896
A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), OʻzA