O‘zA O`zbek

21.08.2018 11:53 Chop etish versiyasi

Singapur kompaniyasi vakillari Sirdaryoda

Singapur kompaniyasi vakillari Sirdaryoda Qurbon hayiti bayrami kunlari Singapurning “Indorama” kompaniyasi vakillari Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

“Indorama” – Singapur davlatining eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad zamonaviy paxta klasteri loyihasini tashkil etish istiqbollarini o‘rganishdan iborat.

Tashrif davomida kompaniya vakillari “Peng Sheng” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi negizida tashkil etilgan tajriba-sinov paxta ekin maydonida hamda “Bek klaster” korxonasining zamonaviy gidroponika usulidagi issiqxonasida bo‘lib, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, xorijiy investorlar viloyatning Oqoltin va Sardoba tumanlarida ham bo‘lib, bu yerda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy usuldagi paxta klasteri loyihasini tashkil etish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
1 704