O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

Sifatsiz mahsulotlar kiritilishi va chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi

Sifatsiz mahsulotlar kiritilishi va chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi

Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan viloyatdagi chegara maskanlari orqali eksport va import qilingan hamda tranzit tarzida oʻtkazilgan tovarlar uchun belgilangan namunadagi fitosanitar sertifikatlari taqdim etilmoqda.

– Joriy yilning oʻtgan davrida viloyatdagi chegara postlarida faoliyat yuritayotgan oʻsimliklar karantini chegara maskanlari orqali yurtimizdan eksport qilingan 8120,6 tonna sanoat, 130 ming 92 tonna qishloq-xoʻjaligi mahsulotlari uchun xalqaro namunadagi 1 ming 184 dona fitosanitar sertifikatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi, – deydi Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbari Abdukarim Jalilov. – Ayniqsa, joriy etilgan karantin davrida faoliyatimiz kuchaytirilgan tartibda olib borildi. Sifatsiz mahsulotlar aylanishiga aslo yoʻl qoʻyilmadi.

Bundan tashqari, chet mamlakatlardan yurtimizga kirib kelgan 9497,1 tonna, 29 ming 174 metr kub hamda 24 ming 879 dona miqdoridagi turli mahsulotlar karantin nazoratidan oʻtkazilib, dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Xoʻjabod tumanidagi “Doʻstlik” chegara postida faoliyat yuritayotgan oʻsimliklar karantin chegara maskanida Respublikamizdan tranzit tarzida oʻtib ketayogan 434,2 tonna mahsulot birlamchi karantin nazoratidan oʻtkazilib, tegishli tartibda tranzit koʻrigi dalolatnomalari tuzildi.

Ayni kunda viloyatdagi chegara postlarida joylashgan oʻsimliklar karantin chegara maskanlari, ushbu maskanlardagi lobaratoriyalar zamonaviy jihoz va uskunalar, zarur ximiyaviy vositalar bilan toʻla taʼminlangan boʻlib, xalqaro meʼyor va talablar asosida ish yuritmoqda. Ushbu maskanlarda chetdan yurtimizga sifatsiz mahsulotlar kirib kelishining oldini olish boʻyicha zarur barcha ishlar olib borilmoqda.

881
Ф.УБАЙДУЛЛАЕВ, ЎзА