Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.08.2018 13:18 Chop etish versiyasi

Sifatli tibbiy xizmat


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 60-qishloq oilaviy poliklinikasi “Oqchako‘l” ovul fuqarolar yig‘ini va “To‘proqqal’a” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 7 mingdan ortiq aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

1.jpg

Shifo maskanida bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tashxis qo‘yish, statsionar hamda ambulator sharoitda davolash uchun barcha imkoniyat yaratilgan. Xususan, avtoklab, laboratoriya, stomatolog, pediator, genikolog va kunduzgi davolash xonalari zamonaviy jihozlangan. Aholiga vaqtida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun “DAMAS” rusumli yangi avtomashina bilan ta’minlangan. Shuningdek, poliklinika qoshida ijtimoiy dorixona ham tashkil etilgan.

3.jpg

– Patronaj hamshiralari xonadonlarga borib, bolalar, homilador ayollar, nogironlar va keksalar salomatligini doimiy nazorat qiladi, – deydi oilaviy poliklinika mudirasi Roza Rajabova. – Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining qaror topishi, tibbiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlari olib boriladi.

10.jpg

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
2 966